fbpx

mohirdev praktikum

FULL STACK PYTHON

Play Video

Python praktikum kursi Python tilini web sohasida ishlatishni o’rgatish bilan shug’ullanadi. Bu kursda asosan web loyihalarning backend qismiga e’tibor qilinadi. Lekin yaxshi backendchi bo’lish uchun frontend qismini ham bilish kerak. Sababi shundaki, kompaniyalarda Backendchi dasturchilar Frontend dasturchilari bilan qalin tarzda ishlashishadi. Shuning uchun Frontend asoslari ham o’tiladi. Qilinadigan loyihalarda esa albatta ham frontend ham backend qismi qilib o’rgatiladi.

Kurs kimlarga mo'ljallangan?

Bu kurs dasturlashni endi boshlaganlar uchun to’g’ri keladi. Ularga tartibli o’quv dasturi tayyorlangan. Kurs oxirida studentlar portfoliosida 2ta loyiha bo’ladi: Blog va Goodreads.com websayti kloni. 


Undan tashqari frontendchilar uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Python (va Django) server qismini yozishda eng ko’p foydalaniladigan tillardan biri. Frontendchilarga backend qismini o’rganish uchun juda zo’r mos keladi.

 

Va albatta boshqa texnologiyalar bilan ishlaydigan backendchilar uchun ham to’g’ri keladi. Sababi TIOBE indeksiga qarangda hozirda Python o’sish bo’yicha birinchi o’rindagi til.

Nima uchun aynan shu kursni o’rganish kerak?

Python dunyoda o’sish bo’yicha birinchi o’rinda turgan til. Talab katta bo’lgani sababli daromad ham katta. Dunyoda dasturchilar yetishmaydi. Yetishmagandan so’ng borlari qadrlanadi. 

 

Undan tashqari bu kursda shunchaki teoriya o’rgatilmaydi. Portfolioga qo’shsa bo’ladigan loyihalar qilinadi. Masalan, Goodreads.com klonini yozganda haqiqiy loyihalarda nima texnologiylar, usullar (masalan unit testlar) ishlatilsa shular ishlatilib yoziladi.

 

Har bir bo’lim ohirida shu paytgacha o’rganib kelingan texnologiyalar yordamida har xil kattalikdagi loyihalar qilib boriladi. Masalan HTML, CSS va Bootstrapdan foydalanib portfolio websayt yoziladi. JavaScriptdan foydalanib “Weather App” yoziladi. Pythondan foydalanib kichik o’yinlar va lug’atlar yoziladi. Djangodan foydalanib Blog loyihasi qilinadi. DRFdan foydalanib shu blogning REST API qismi qilinadi. Va nihoyat bularning hammasini bitta loyihada birlashtirib, Goodreads.com saytining kloni yasaladi.

 

Har bitta kursning o’ziga yarasha topshiriqlari bo’ladi. Masalan eng muhim bo’lgan Djangoda Loyiha qilish kursida loyiha tugagandan so’ng studentlar o’zlari qurishi kerak bo’lgan qismlarni topshiriq sifatida beriladi. PostgreSQL kursida har bitta darsdan so’ng o’tilgan mavzu bo’yicha savollar va topshiriqlar bo’ladi. Savol va topshiriqlarning katta-kichikligi, oson-qiyinliga o’tilgan darsga bog’liq bo’ladi.

Kursdan keyin o'quvchilar nima qila olishadi?

Kursni muvaffaqiyatli bitirgan o’quvchilar rezyumelarida HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Python, Django, DRF, Celery, PostgreSQL texnologiyalarini puxta bilishlarini, undan tashqari ushbu texnologiyalardan foydalanib yozilgan har xil kattalikdagi loyihalarni taqdim qilish imkoniyatlari bo’ladi. Qo’shimcha, bitirgan o’quvchilar Cloud Texnologiyalar bilan (Heroku va Digital Ocean) ham tanish bo’lishadi.

 

Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar

HTML / CSS
PostgreSPQL
Bootstrap
Celery
python
Python
RabbitMQ
Django
Digital Ocean
DRF
Heroku

Kurs tarkibi

1-bo’lim: HTML Asoslari

Bu bo’limda hamma web loyihalarning asosini yani HTML texnologiyasini, yani web loyihalarning strukturasini qurishni o’rgatiladi. Bo’lim boshida esa umuman Web haqida gaplashilinadi va dasturlash muhitini sozlanadi. Bo’lim ohirida faqatgina HTMLdan foydalanib kichik bir loyiha qilinadi.

2-bo’lim: CSS

Bu bo’limda web loyihalarning stilini yaxshilashga imkoniyat beradigan CSS texnologiyasi o’rgatiladi. Hususan CSSning asosiy xossalari, joylashtirish, rasmlar bilan ishlash, formalar, o’lchov birliklari, responsive design, textlat/frontlar/ranglar, Flexbox, transform/animatsiyalar, CSS Grid va advanced CSS mavzulariga to’xtalib o’tamiz. Undan tashqari “best practices” yani bazi bir ishlarni to’g’ri yo’lda qilish usullarini ko’rib chiqamiz. Bo’lim ohirda HTML va CSSdan foydalanib web sayt loyihasi qilinadi.

Kurs Frontend asoslaridan boshlanadi: HTML, CSS va JavaScript o’rgatiladi. CSSga qo’shib Bootstrap frameworki ham o’tiladi. Undan keyin esa Backend qismiga o’tiladi. Bu qismida Python asoslari, Django asoslari, Django Rest Framework asoslari va PostgreSQL asoslari o’tiladi. Ohirida esa shu texnologiyalarni barchasini birgalikda foydalanib bitta loyiha qilinadi: Goodreads.com saytininig klonini quriladi.

3-bo’lim: Bootstrap

Bu bo’limda eng mashxur CSS frameworlaridan biri bo’lgan Bootstrap framework o’rgatiladi. Hususan, maketlar, kontent, formalar, komponentlar, yordamchi klasslar, utilitalar, qo’shimcha qismlari haqida gaplashamiz. Bo’lim ohirida esa odatdagidek HTML, CSS va Bootstrapdan foydalanib bir loyiha qilinadi.

4-bo’lim: JavaScript

Bu bo’limdan frontend dasturlashning qiroli bo’lgan til, yani JavaScript o’rgatiladi. HTML va CSS yodamida struktura va stillarini qilishni o’rgangan bo’lsak, JavaScript yordamida web loyihalarimizga dinamik elementlar qo’shishni o’rganamiz. Bo’lim ohirda albatta shu paytgacha o’rgangan texnologiyalar yordamida loyiha qilinadi, birgalikda “Weather App” yasaymiz.

5-bo’lim: Python Asoslari

Bu bo’limda web loyihalarning backend qismida kundan kunga ko’proq va ko’proq ishlatilib kelinayotgan Python tili o’rgatiladi. Bu bo’lim eng muhim bo’limlardan biri chunki faqatgina Pythonda dasturlashdan tashqari boshqa bilimlar, masalan Browserda kod yozish, Anaconda dasturini ishlatish, Github bilan ishlash, OOP asoslari, tashqi kutubxolanalar bilan ishlash va test yozish o’rgatiladi. Bo’lim davomida so’z topishi o’yini, kiril-lotin transliterator kabi kichik loyihalar qilib boriladi.

6-bo’lim: SQL Ma’lumotlar Ombori

Bu bo’limda ma’lumotlar bilan ishlaydigan barcha loyihlar foydalanadigan texnologiya, SQL ma’lumotlar ombori bilan, aniqrog’i PostgreSQL bilan tanishamiz. Hususan, ma’lumotlarni kiritish, o’qish, yangilash va o’chirishlarni o’rganamiz, va eng asosiysi bir nechta jadvallar bilan ishlash va ular o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri qilishni ko’rib chiqamiz.

7-bo’lim: Django Asoslari

Bu bo’limda Python ekosistemasidagi eng mashxur frameworklardan biri bo’lgan Django frameworkini o’rganamiz. Bu framework yordamida murakkab bo’lgan web loyihalarni tez va to’g’ri ravishda qurishni o’rganamiz. Bularning hammasini Blog loyihasini qurish orqali o’rganib boramiz.

8-bo’lim: Django REST Framework Asoslari

Ushbu bo’limda biz Django yordamida qanday qilib REST APIlarni yozish mumkinligini ko’rib chiqamiz. Buning uchun Django REST Framework kutubxonasidan foydalanamiz. Buni Blog loyihasining APIsini qilish orqali o’rganib boramiz.

9-bo’lim: Djangoda Loyiha Qurish

Bu bo’lim Python Praktikumning kulminatsiya qismi hisoblanadi. Bu bo’limda shu paytgacha o’rgangan texnologiyalarimizni barchasini ishlatib bitta loyiha qilishni o’rganamiz. Aniqroq aytadigan bo’lsak goodreads.com websaytini klonini qilishni o’rganamiz. Bu websaytda foydalanuvchilar o’zlari o’qigan yoki o’qimoqchi bo’lgan kitoblarni topib ular haqida fikrlarini qoldirish imkoniyatlari bo’ladi. Loyiha qilish mobaynida har qadamda avtomatlashtirilgan unit testlar yozib boriladi. Bu loyiha portfolioga qo’shib, ishga kirayotganda intervyularda gapirib bersa arziydigan loyiha bo’ladi.

Ochiq darslarni ko'rib, ishonch xosil qiling

2. SQL bazasini sozlash

11. Middlewarega kirish

40. API View Other Methods (Update, Delete, Create)

Biz haqimizda boshqalar fikri

Biz Mohirdev onlayn ta’lim platformasida ilm berishni maqsad qilganmiz.


Jessica Felicio

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Cody Fisher

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Annette Black

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Theresa Webb

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.

Praktikum kursimiz narxi

Bizga to’lovni Payme va Click orqali amalga oshirishingiz mumkin

Kurs narxi

1,500,000 so'm

Ko'p so'raladigan savollar

Python Praktikum kursi 0dan veb dasturlashni o’rganmoqchi bo’gan o’rganuvchilarga tavsiya qilinadi. Asosiy e’tibor backend qismiga qaratilgan bo’lsada, frontend qismi ham o’rgatilgan. Shu sabab bu kursni Full Stack deb atash mumkin.

Python dunyoda o’sish bo’yicha birinchi o’rinda turgan til. Talab katta bo’lgani sababli daromad ham katta. Dunyoda dasturchilar yetishmaydi. Yetishmagandan so’ng borlari qadrlanadi. Undan tashqari bu kursda shunchaki teoriya o’rgatilmaydi. Portfolioga qo’shsa bo’ladigan loyihalar qilinadi.

Kurs to’liqligicha videodarslardan tashkil topgan. Platformada onlayn videodarslarni ko’rib, savollaringizni haftalik ZOOM uchrashuvlarida berishingiz mumkin

Har bitta kursning o’ziga yarasha topshiriqlari bo’ladi. Masalan eng muhim bo’lgan Djangoda Loyiha qilish kursida loyiha tugagandan so’ng studentlar o’zlari qurishi kerak bo’lgan qismlarni topshiriq sifatida beriladi. PostgreSQL kursida har bitta darsdan so’ng o’tilgan mavzu bo’yicha savollar va topshiriqlar bo’ladi. Savol va topshiriqlarning katta-kichikligi, oson-qiyinliga o’tilgan darsga bog’liq bo’ladi.

Bu har bir modulga qarab o’zgarishi mumkin. O’rtacha haftasiga 10 soat ajratishingiz tavsiya qilinadi.

Kursni muvaffaqiyatli bitirgan o’quvchilar rezyumelarida HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Python, Django, DRF, Celery, PostgreSQL texnologiyalarini puxta bilishlarini, undan tashqari ushbu texnologiyalardan foydalanib yozilgan har xil kattalikdagi loyihalarni taqdim qilish imkoniyatlari bo’ladi. Undan tashqari esa bitirgan o’quvchilar Cloud Texnologiyalar bilan (Heroku va Digital Ocean) ham tanish bo’lishadi.

Savollaringizni maxsus ochilgan Telegram guruhda berishingiz va siz kabi o’rganuvchilar bilan muloqot qilishingiz mumkin. Savollaringizga mentorlar javob beradi. 

Xa, kurs oxirida beriladigan kurs loyihasini muvoffaqiyatli topshirgan o’quvchilarga Mohirdev sertifikati beriladi.

Ishga kirishda kursda egallagan bilimlaringizdan tashqari, sizning muloqot qila olish qobiliyatingiz, resume yoza olishingiz va effektiv jamoa bilan ishlash kabi konikmalaringizga qarashadi. Bu ko’nikmalarni shakllantirishga Mohirdev jamoasi yordam beradi.

Kursdagi barcha vazifalarni bajarib, kerakli bilimlarni egallaganingizdan keyin, junior darajsidagi ishlarga topshirishingiz yoki freelancer bo’lib ishlashingiz mumkin.

Xa, kurs foydalanuvchilar uchun har doim ochiq bo’ladi. Bemalol esdan chiqqan mavzularingizni keyinchalik qaytadan ko’rib olishingiz mumkin.

Xa albatta, shartnoma asosida bo’lib to’lashingiz mumkin. Umumiy summaning birinchi 750 ming so’mni to’laganingizdan keyin, 2 hafta o’tib qolgan yarmini ham to’lashingiz kerak bo’ladi. Shartnoma haqida batafsil ma’lumot olish uchun @mohirdevsales ga murojaat qiling.

Kartadan kartaga pul ko’chirish yo’li orqali kursimizni xarid qilishingiz mumkin. Sotib olish uchun bog’laning: @mohirdevsales.